Isroil HHK Livan janubi va sharqiga zarba berdi, 19 kishi halok bo‘ldi

Jahon 10:36 / 24.10.2024 1181

Isroil harbiy-havo kuchlari Livanning sharqiy va janubiy hududlaridagi turar joy binolari va savdo majmualariga zarbalar berdi: 19 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning mamlakat janubidagi Nabatiya tumanida Kessar Zater mavzesiga uyushtirgan havo hujumi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.

Livan sharqidagi Hermel tumani mavzelaridan biriga havo hujumi uyushtirilgani oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana o‘n kishi yaralandi.

Livanning NNA rasmiy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari mamlakat janubidagi Bint Jubayl tumanidagi Haris qishlog‘idagi uyga zarba berishi natijasida ikki kishi halok bo‘lgan. Sayda tumanining Tuffahata qishlog‘iga havo hujumi oqibatida yana olti kishi halok bo‘ldi.

Livan sharqida, Baalbek tumanidagi Nebi Shit aholi punktida uy Isroil samolyotlari tomonidan nishonga olinishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi.

Ko‘proq yangiliklar: