“Bir oyda foydalanishga topshiramiz” – Agrar universiteti yotoqxonasi ta’miridagi kamchiliklar bartaraf etilayotgani aytildi

O‘zbekiston 14:37 / 24.10.2024 3716

Avvalroq Agrar universiteti yotoqxonasi qurilishi sifatsiz ishlar sababli to‘xtatilgandi. Kun.uz muxbiri hududga borib, binodagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi. Hozirda binoning pardozlash ishlarida sifatsiz bajarilgan gipsokarton ishlari buzdirilib qaytadan loyiha talablari asosida metall profillari bilan qotirilmoqda. Pudrat vakiliga ko‘ra, barcha kamchiliklar bir oy ichida bartaraf etilib, foydalanishga topshirilishi reja qilingan.

Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat Agrar universitetining 400 o‘rinli yotoqxona binosi qurilishi to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishida loyihaga zid, sifatsiz ishlar bajarilgan.

Jumladan, gipsokarton plitasining ichki pardoz devorlariga yopishtirilishi jarayonida metall profillardan karkas qilib o‘rnatilishi o‘rniga oddiy gipslar qotirilib, mustahkamlangan.

Shuningdek, pudratchi tomonidan binoning ichki xonalariga kirish eshiklarining sarbastlari loyihaga zid bajarilgan, tom yopish ishlarida esa loyihaga umuman amal qilinmagan.

Shundan keyin bino texnik tekshiruvdan qayta o‘tkazilgunga qadar qurilish to‘xtatib qo‘yilgandi.

Bugungi kunga kelib binoning pardozlash ishlarida sifatsiz bajarilgan gipsokarton ishlari buzdirilib, qaytadan loyiha talablari asosida metall profillari bilan qotirilmoqda.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Xususan, devorlarga o‘rnatilgan gipsokarton to‘liq buzib chiqilib, o‘rniga metall profillar qotirilyapti. Sifatli, yuz foiz loyiha talabiga javob beradigan qilib qaytadan ta’mirlanyapti”, deydi pudrat vakili Sherzod Yusupov.

Tom yopish ishlarida taxtalar loyiha talablari asosida mustahkamlanyapti.

Yotoqxona qurilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kerak edi. Ayrim loyihalarga o‘zgartirishlar kiritilgani sabab topshirilish muddati cho‘zildi. Jumladan, mehmonxonadagi kabi har bir xona sanuzel bilan jihozlanmoqda”, deydi Agrar universiteti bosh energetiki Ahmad Choriyev.

Pudratchi vakilining qo‘shimcha qilishicha, yangi qurilayotgan yotoqxonadagi barcha kamchiliklar bir oy muddat ichida bartaraf etilib, bino foydalanishga topshirilishi reja qilingan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: