Tadbirkorlar eng ko‘p qaysi masalalarda biznes ombudsmanga murojaat etayotgani aytildi

O‘zbekiston 10:29 / 23.10.2024 2032

O‘tgan davr mobaynida tadbirkorlardan kelib tushgan 7 ming 127 ta murojaatlar xususiyatlari bo‘yicha tahlil etilganda 12 foizi soliqqa oid, 11 foizi yer, kadastr va arxitekturaga oid, 10 foizi bank, kreditga oid, 10 foizi tekshiruvlarga oid, 8 foizi sud qarori ijrosiga oid va boshqa masalalarga oidligi aniqlandi.

Qolaversa, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali 7 ming 113 ta murojaatda 8 ming 131 ta masala kelib tushgan bo‘lib, mazmuniga ko‘ra murojaatlarning 17 foizi bank va kreditga oid, 11 foizi soliq, 8 foizi mansabdor shaxslarning xatti-harakati, 8 foizi yer maydoni, yoki bino ajratish, kadastr masalalari, 8 foizi sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etish, 7 foizi infratuzilma masalalari, 41 foizi boshqa masalalarga tegishli.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 8 ta taqdimnoma kiritilgan va 122 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: