Qo‘shrabotdagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 21:36 / 22.10.2024 6825

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Qo‘shrabot tumani Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga xonadonda gaz to‘planib qolgani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir oilaning 4 a’zosi – er-xotin va ularning ikki farzandi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: