O‘zbekiston oltita xalqaro shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston 10:06 / 21.10.2024 4919

O‘zbekiston quyidagi bayonnoma, konvensiya va bitimlarga qo‘shildi:

  • Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga ikkinchi qo‘shimcha bayonnomaga (Addis-Abeba, 2018 yil 7 sentabr);
  • Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga uchinchi qo‘shimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
  • Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
  • Umumjahon pochta konvensiyasiga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
  • Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi bitimga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
  • Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi bitimga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust).

Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: