Meksika HDK sakkiz tonnadan ortiq narkotikni musodara qildi

Jahon 13:20 / 21.10.2024 1539

Meksika harbiy-dengiz kuchlari 19 oktyabr, shanbaga o‘tar kechasi Tinch okeanida o‘z tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar jo‘natmasining qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Xabarlarga ko‘ra, uning og‘irligi taxminan 8,4 tonna va qiymati 2,099 milliard Meksika pesosidan (97 million yevro) oshadi.

Meksika armiyasining ma’lum qilishicha, mamlakat g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida giyohvand moddalar yukini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya davomida 23 kishi hibsga olingan. Moddalar oltita kichik qayiqda tarqatilgan, ulardan biri suv ostida bo‘lgan va bu dengiz flotining ishini qiyinlashtirgan. Ulardan tashqari, narkokartellar noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan kemalarda 8700 litrga yaqin yonilg‘i topilgan.

Meksikada giyohvand moddalarga qarshi urush

Meksika tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar 2007 yilda musodara qilingan. O‘shanda rasmiylar 23 tonna Kolumbiya kokainini musodara etishga muvaffaq bo‘lishdi.

AFP agentligining yozishicha, 2006 yildan buyon mamlakat hukumati armiyadan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda foydalana boshlaganidan beri Meksikada 450 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Yana o‘n minglab odamlar bedarak yo‘qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: