21 oktyabr kuni SIBOS-2024 moliyaviy forumi doirasida Kapitalbank va Landesbank Baden-Wüerttemberg o‘rtasida 20 million yevro miqdoridagi moliyalashtirish shartnomasi tuzildi. Mablag‘lar bank mijozlarining Yevropaning eksport qiluvchi tashkilotlari bilan savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu kelishuv O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlaydi. Tashqi savdo shartnomalari Avstriyaning Oesterreichische Kontrollbank (OeKB) kafolatlari ostida amalga oshiriladi.
— Tashqi savdo shartnomalarini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv O‘zbekiston tadbirkorlarini xalqaro savdoni muvaffaqiyatli va xavfsiz olib borish uchun juda muhim vositalar bilan ta’minlaydi, — deya ta’kidlaydi Kapitalbank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Yetakchi xalqaro moliya institutlari bilan erishilgan kelishuvlar xalqaro bozorlarda tadbirkor mijozlarimizni qo‘llab-quvvatlash strategiyamizning bir qismidir. Biz xalqaro integratsiya yo‘l ochib beradigan ulkan istiqbolga ishonamiz va aminmizki, bu hamkorlik orqali mijozlarimiz eng ilg‘or jahon tajribasidan foydalanish hamda jahon bozorida sezilarli o‘sish va o‘z mavqelarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oesterreichische Kontrollbank (OeKB) haqida
LBBW, Landesbank Baden-Wüerttemberg — Germaniyaning xalqaro universal tijorat banki. Germaniyadagi eng yirik o‘nta bankdan biri, hududning eng yirik banki (Landesbank). LBBWʼning asosiy mijozlari Mercedes-Benz, Porsche, BOSCH, Siemens, BOSS, TRUMPF va shu kabi boshqa yirik va taniqli kompaniyalardir.
OeKB haqida
Oesterreichische Kontrollbank (OeKB) Avstriyaning rasmiy eksport-kredit agentligi (ECA) bo‘lib, Avstriyaning eksport qilivchi tashkilotlari va ularning xorijiy mijozlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
SIBOS haqida
SIBOS konferensiya-ko‘rgazmasi – pul muomalasi, qimmatli qog‘ozlar va savdo boshqaruvi masalalari bo‘yicha tajriba almashish va jamoaviy qarorlar qabul qilish bo‘yicha eng yirik bank tadbiri bo‘lib, SWIFT xalqaro banklararo axborot uzatish va to‘lov tizimi tomonidan 1978 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda Kapitalbank O‘zbekiston banklari orasida forumning birinchi bo‘lib rasmiy ishtirokchi-eksponentiga aylandi.
Reklama