Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston 08:09 / 18.10.2024 2054

17 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosini kutib olishdi, deya xabar qilmoqda agentlik.

Ular Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan «MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim» doirasida vataniga qaytarilgan.

Agentlik xabar qilishicha, 2024 yilda jami 100 nafar yurtimizning voyaga yetmagan fuqarosi qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan.

Oktyabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 bola O‘zbekistonga olib kelindi

15 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi.

Ulardan bir nafari Rossiyadan, qolgan ikki nafari esa Xitoy hududidan keltirildi.

Agentlik voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlarini o‘rganib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganini baholamoqda.

Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. 

Ta’kidlanishicha, oktyabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: