Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston 10:45 / 17.10.2024 1018

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlashini bildirdi.  

“Ugandaning 2027—2029 yillarda Harakatga bo‘lajak raisligimizni qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni  ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan o‘rin oldi”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

18 yanvar kuni Kampala shahrida O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolangan edi. Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan 145-mamlakat bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: