Davra suhbati davomida O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, xususan ta’lim, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, elektrotexnika sanoatida hamda mahsulotlarni chet el mamlakatlari bozorlariga eksport qilish bo‘yicha yaratib berilgan sharoitlar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.
Olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakat bugungi kunda Markaziy Osiyo iqtisodiyoti rivojida muhim rol o‘ynayotgani va xorijiy investorlar uchun ishonchli hamkorga aylangani alohida qayd etildi.
Tadbir yakunida High Com Global Trading kompaniyasi bilan hamkorlikda Qatarda o‘zbek eksportbop mahsulotlari savdo uyi yoki shou-rumini ochish va boshqalar to‘g‘risida kelishib olindi.