Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi
Ispaniyaning qurilish materiallari va uskunalari sohasidagi yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatga amaliy safari doirasida 19 oktyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston–Ispaniya biznes-forumi o‘tkaziladi.

Foto: "Dunyo" AA
Biznes-forum O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Forumda O‘zbekiston va Ispaniyaning yetakchi kompaniyalari, qurilish sohasidagi mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirok etadi. Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar, yo‘nalishlar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar, shuningdek, qurilish sohasidagi yangi yechimlar bilan tanishadilar.
Tadbir davomida tomonlar qurilish va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishlari kutilmoqda. Bu O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.
Mavzuga oid

22:05 / 13.07.2025
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi

23:23 / 11.07.2025
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda

13:20 / 09.07.2025
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

07:44 / 08.07.2025