Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasi Norvegiya tomonining iltimosiga binoan Oslodagi diplomatik missiya tarkibi qisqartirilishini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 14 oktyabr, dushanba kuni e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limida ikki nafar diplomat, Shpitsbergendagi Bosh konsulligida esa faqat bir nafar diplomat qoladi.
Elchixona xabarida aytilishicha, Norvegiya 17 oktyabrga qadar mamlakatdagi Rossiya xorijiy muassasalarining diplomatik xodimlarini qisqartirishni talab qilgan, biroq bu talabning sabablari keltirilmagan.
Rossiyaning Shpitsbergen va Kirkenesdagi bosh konsulliklari keyingi ogohlantirishgacha konsullik qabullarini to‘xtatganliklarini ma’lum qilishdi.
Sentyabr oyi oxirida Norvegiya adliya vaziri Emiliya Enger Mel mamlakat hukumati Finlandiyadan o‘rnak olib, Rossiya bilan chegarada baland panjara o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
2024 yil may oyida Norvegiya turistik shengen vizasi bo‘lgan ruslar uchun chegarani yopdi va hatto tranzit maqsadida ham ularni mamlakatga kiritishni to‘xtatdi.