Apple yangi iPad mini’ni taqdim etdi

Fan-texnika 11:19 / 16.10.2024 1066

Apple yangi iPad mini’ni taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. Apple bu planshetining oxirgi versiyasini 2021 yilda chiqargandi.

Uning tashqi ko‘rinishida o‘zgarish yo‘q, faqat ikkita yangi rang varianti paydo bo‘ldi: binafsha va ko‘k.

Yangi iPad 2023 yilda taqdim etilgan iPhone 15 Pro modellarida ishlatiladigan A17 Pro protsessoriga ega. Shuningdek, qurilma Pencil Pro stilusini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilmadagi yangiliklardan biri Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi, biroq iPadOS tizimida bu funksiyalar hozircha ishga tushirilmagan.

Yangi iPad mini’ga oldindan buyurtma berish narxi 128 GB xotirali versiya uchun 499 dollardan boshlanadi. Planshet 23 oktyabrdan sotuvga chiqariladi.

Avvalroq Bloomberg insayderi Mark Gurman Apple ikkita mutlaqo yangi qurilmani tayyorlayotganini aytgandi: aqlli ko‘zoynaklar hamda kameralar o‘rnatilgan birinchi AirPods quloqchinlari. Tahlilchining fikricha, kompaniya qurilmalarni 2027 yilgacha taqdim etishi mumkin.

Bundan tashqari Gurman Apple yangi qurilmalarni har yili chiqarishni to‘xtatmoqchiligini taxmin qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: