"Adolat" SDP bola huquqlari himoyasi bo‘yicha da’vo arizasi uchun davlat bojini bekor qilishni taklif qildi

O‘zbekiston 11:49 / 16.10.2024 942

Sudlarga bolalarning buzilgan huquqlarini tiklash, qarindoshlik, vasiylik yoki meros va boshqa fuqarolik huquqlari bilan bog‘liq nizolarni hal qilish maqsadida da’vo arizalari kelib tushadi. Dasturga ko‘ra,  bunday hollarda iqtisodiy to‘siqlar sabab bola huquqlarining ta’minlanmay qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yuqoridagi taklif bola huquqlari buzilgan holatlarda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Xorijiy tajribaga e’tibor berilsa, Rossiya va qo‘shni Qozog‘istonda bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilgan shaxslar boj to‘lashdan ozod qilinishi ayon bo‘ladi. Germaniya va Buyuk Britaniyada ham bunday holatlarda agar da’vogar to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmasa, sud uni boj to‘lashdan ozod qilishi mumkin.

Partiya ilgari surayotgan mazkur tashabbusning amalga oshirilishi bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: