2023 yilda turizm sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha daromad keltirgani aytildi 

O‘zbekiston 08:47 / 16.10.2024 2773

Xitoyning yetakchi Daily Economic elektron nashrida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

O‘zbekiston o‘z oldiga 2030 yilgacha 15 million xorijiy sayyohni jalb etish singari ulkan maqsad qilib qo‘ygan, deb ta’kidlangan nashrda.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yilda mamlakatga 6,6 milliondan ortiq sayyoh kelgan. Shuningdek, turizm sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,1 milliard dollarga yaqin daromad keltirdi va 70 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratdi.

Xitoy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yosh sayyohlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston o‘zining diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilish uchun 10 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarni faol jalb etilmoqda.

Materialda, shuningdek, O‘zbekiston qadimiy Ipak yo‘lining muhim qismida joylashgani, Samarqand, Buxoro va Xiva tarixiy shaharlari YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani alohida ta’kidlangan.

Maqola xulosasida: "Bu shaharlar o‘zining ajoyib me’morchiligi, ta’sirchan madrasa va masjidlari hamda mamlakatning boy madaniyatini aks ettiruvchi bozorlari bilan mashhur", deb qayd etgan Daily Economic.

Ko‘proq yangiliklar: