Yakkasaroy tumanidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati qisman cheklanadi

O‘zbekiston 12:31 / 15.10.2024 1296

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash uchun Yakkasaroy tumanining Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha 110 kV yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkazilishi rejlashtirilgan.

Shu sababli 16 oktyabr kunidan 15 noyabrgacha Bobur ko‘chasining ushbu qismida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanadi, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yo‘naltiriladi.

Toshkent shahar hokimligi ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

Ko‘proq yangiliklar: