Peskov BND rahbarining RF NATO uchun xavfli ekani haqidagi bayonotini rad etdi

Jahon 09:48 / 15.10.2024 2660

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbari Bruno Kalning Rossiya eng ko‘pi bilan hozirgi o‘n yillik oxiriga qadar «NATOga hujum uyushtira olishi» haqidagi da’volarini rad etdi. Peskov 14 oktyabr, dushanba kuni Moskvada Kalning bayonotlarini mantiqsiz deb atadi. «Interfaks» agentligi Vladimir Putin vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

«Rossiya o‘zining harbiy infratuzilmasi bilan hech qachon NATO tomonga qarab harakatlanmagan», — deya ta’kidladi u alyansning «kengayish to‘lqinlari» va uning harbiy infratuzilmasining Rossiya chegaralariga yaqinlashishi haqida gapirib.

«Shuning uchun, bu yerda Rossiya qurolli kuchlari kimgadir xavf tug‘diradi, deyish mutlaqo noto‘g‘ri, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi va eng muhimi, biz hozir birga boshdan kechirayotgan qarama-qarshilikka olib kelgan butun tarixga ziddir». — dedi Peskov.

Germaniya razvedka xizmati rahbari RFdan kelayotgan harbiy xavfga ishora qildi

Federal razvedka xizmati (BND) rahbari Bruno Kal Rossiyadan kelayotgan ehtimoliy harbiy tahdidga ishora qildi. 14 oktyabr kuni u Germaniya Bundestagining razvedka xizmatlari faoliyatini monitoring qilish qo‘mitasi oldida so‘zlagan nutqida: «Eng kamida shu o‘n yillikning oxirida Rossiya qurolli kuchlari NATOga hujum qila oladi», dedi.

Kalning so‘zlariga ko‘ra, «Kreml Germaniya Federativ Respublikasini dushman deb biladi». «Biz Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ziddiyatdamiz», — deya ta’kidladi u va Germaniya Rossiyaning tajovuzidan o‘zini himoya qilish uchun Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordam miqdori bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda ekanligini ta’kidladi. Germaniya razvedka xizmati rahbari nuqtayi nazariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun gap nafaqat Ukraina , balki «aslida yangi dunyo tartibini yaratish haqida ketyapti».

Ko‘proq yangiliklar: