TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, afg‘on inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar chegaralarni mustahkamlash, terrorizm va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi kurashish kabi sohalarda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligiga kelishib oldilar.
Aleksandr Eskorsia O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim rolini qayd etdi. Kelgusida ham samarali hamkorlik davom etishiga ishonch bildirdi.