15 oktyabr kuni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB.
Ko‘cha va chorrahalar:
- Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan, KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Cho‘ponota ko‘chasining Arnasoy ko‘chasidan, Bunyodkor ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasining Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Cheklov 16:00 dan soat 22:00 gacha davom etadi.
«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», – deyiladi YHXB xabarida.