Kiyev Malidagi isyonchilarga UUA yetkazib berilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi

Jahon 09:10 / 15.10.2024 1701

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 14 oktyabr, dushanba kuni Kiyev Malidagi isyonchilarga jangovar uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berishda ishtirok etgani haqidagi OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotni keskin rad etdi. «Shuningdek, biz Rossiya Federatsiyasining davom etayotgan qurolli tajovuziga qarshi turish uchun ittifoqchilar tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan qurol va harbiy texnikaning Sahel hududiga kirib kelishida davlatimizning ishtiroki bo‘yicha Ukrainaga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etamiz», — deyiladi bayonotda.

Kiyevning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlarining keng ko‘lamli bostirib kirishining dastlabki oylaridanoq aynan Ukraina G‘arb davlatlari tomonidan unga yetkazib berilayotgan qurollarni nazorat qilish tizimini joriy etish tashabbusini birinchi bo‘lib boshlagan. «Shu vaqt ichida G‘arb hamkorlari qurol va jihozlardan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq birorta ham holatni aniqlamadi», — deya ta’kidladi Ukraina TIV.

«Shuningdek, biz Mali va Nigerning yuqori martabali amaldorlari tomonidan vaqti-vaqti bilan aytiladigan Ukrainaning «terrorchilar bilan hamkorlik qilishi», «terrorchilarga qurol-yarog‘ yetkazishi va ularga ma’lumot berishi», «Ukrainaning terrorchilar koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlash»ga aloqadorligi haqidagi barcha ayblovlarni qat’iyan rad etamiz», deyiladi ma’lumotda. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi «Rossiyaning yolg‘on targ‘ibotini takrorlaydigan yolg‘on ma’lumotlar tarqalishini to‘xtatishga» chaqirdi.

Fransiyaning Le Monde gazetasi 13 oktyabr kuni malilik isyonchilarga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari yetkazib berilgani haqida yozgandi.

Ko‘proq yangiliklar: