BAA Samarqandda jamoat transportini rivojlantirish loyihalariga taklif etildi

O‘zbekiston 09:11 / 15.10.2024 1667

OneRoad Group kompaniyasi vakiliga Samarqand shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etish va qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Chenling Jang O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilib, ularni qayta ishlagan holda reeksport qilish mumkinligi ma’lum qildi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi ishlarni boshlash maqsadida mazkur kompaniya va O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida alohida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Muzokaralar yakunida OneRoad Group kompaniyasi bosh ijrochi direktoriga imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida joriy yil 13-16 oktyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "O‘zbekiston – BAA" biznes-forumida ishtirok etish taklifi bildirildi.

Ko‘proq yangiliklar: