Toshkentda 800 tup daraxt nobud qilingani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv tayinlandi – Bosh prokuratura

O‘zbekiston 18:56 / 14.10.2024 2047

Kuni kecha Kun.uz Yunusobod tumani “Turkiston” MFYdagi binoning ortida barpo qilingan 800 tup mevali va manzarali daraxtga ega bog‘ yo‘q qilingani haqida surishtiruvini e’lon qilgandi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan va tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy izohda.

Ma’lumot uchun, tahririyatning Ekologiya vazirligiga yuborgan so‘rovidan so‘ng vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan holat o‘rganilgan va dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Unga ko‘ra, “Active Asia Gold” tomonidan ekilgan 400 tup olma, 60 tup anor, 190 tup pavloniya, 40 tup katalpa, 30 tup olcha, 50 tup gilos, 15 tup behi, 15 tup yong‘oq ko‘chatlari yashil makon platformasiga kiritilgan.

Joydagi qurilish ishlari jarayonida ushbu 800 ta ko‘chat ildiz qismi bilan yo‘q qilingani, bu bilan esa tabiatga 943 mln 125 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: