Hodisa 11 oktyabr kuni tunda Mini – Novinka avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan.
O‘zbekiston fuqarosi Chevrolet Cruze avtomobilida yo‘lning qatnov qismida 50 yoshli erkakni belgilangan piyodalar o‘tish joyidan tashqarida urib yuborgan.
Piyoda qoramtir rangli kiyimda, nur qaytaruvchi elementlarsiz bo‘lgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, avariyadan oldin piyoda qatnov qismining o‘rtasida bo‘lgan va uzoqdan ko‘rinmagan.
Hodisa tafsilotlari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.