O‘zbekiston kosmik fazoni tadqiq qilish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston 08:15 / 14.10.2024 1151

Kosmik fazoni, shu jumladan, Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlar faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga O‘zbekistonning qo‘shilishi haqidagi qonun imzolandi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 2 iyulda qabul qilinib, Senat tomonidan 15 avgustda ma’qullangan.

Shartnoma 1967 yil 10 oktyabrda kuchga kirgan va 2024 yil holatiga ko‘ra, unga 114 ta mamlakat qo‘shilgan.

Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlari va osmon jismlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatlarini ochib beradi.

Ko‘proq yangiliklar: