Vazirlik fuqarolarga quyidagi tavsiyalarni berdi:
- isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligi, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmagani hamda yoriqlar yo‘qligiga alohida e’tibor qaratish;
- gaz uskunalarini ulash tartib-qoidalariga rioya qilish va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymaslik;
- maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qaratish.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020—2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 245 ta noxush holat yuz bergan. Buning oqibatida 200 nafar fuqaro jarohatlangan, 421 nafari halok bo‘lgan.
«Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi faoliyati kutilgan samaralarni bermayapti», — deyilgan edi qo‘mitaning 2023 yilda o‘tkazilgan yig‘ilishida.