«Hizbulloh» Isroilga 320 ta raketa va snaryadlar uchirdi

Jahon 12:32 / 14.10.2024 7667

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) 12 oktyabr, shanba kuni «Hizbulloh» harakati tomonidan mamlakat bo‘ylab 320 ta raketa va snaryadlar uchirilganini qayd etdi, deb xabar berdi armiya matbuot xizmati.

«Hizbulloh» tomonidan ommaviy o‘qqa tutish yahudiylarning asosiy bayramlaridan biri Yom Kipur paytida sodir bo‘ldi. TsAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, raketa va dronlarning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan tutib olingan, qolganlari esa ochiq joylarga qulagan.

Isroil OAV xabar berishicha, ikki isroillik shimoliy Akko shahri yaqinida yengil jarohatlar olgan. Tel-Aviv yaqinidagi Gersliya kurortida dron havo hujumidan mudofaa tizimini yengib o‘tdi va binolarga zarar yetkazdi. «TsAHAL Isroil va uning xalqini «Hizbulloh» tashkiloti tahdididan himoya qilishda davom etadi», — deya ma’lum qildi TsAHAL.

Shols: Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi

Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi, deya ma’lum qildi Olaf Shols. «Biz qurol yetkazib berdik va tez orada yangi yetkazib berishlar bo‘ladi», dedi Germaniya kansleri 10 oktyabr kuni Bundestagdagi debatda.

Shu tariqa, Shols muxolifatdagi konservativ Xristian-demokratik ittifoq (XDI) raisi Fridrix Mersning aybloviga javob qaytardi. Uning ta’kidlashicha, Germaniya hukumati Isroilga o‘q-dorilarni eksport qilish va bu mamlakatga tanklar uchun ehtiyot qismlarni yetkazishga ruxsat berishdan bosh tortgan.

Fridrix Merts, shuningdek, XDI bloki va Bavariya Xristian-sotsial ittifoqi (XSI)dan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod. Hozirda XDI/XSI Germaniyadagi eng mashhur siyosiy kuchdir. So‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, saylovchilarning 33 foizi uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Olaf Shols boshchiligidagi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP)ni o‘z ichiga olgan hukmron koalitsiyani 30 foiz qo‘llab-quvvatlagan. Bundestagga navbatdagi saylovlar 2025 yil 28 sentabrga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: