Kecha O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun va ertaga antitsiklon mamlakat barcha hududlariga ta’sir etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi, faqat respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Chorshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha iqlimiy qiymatlardan 6-8 darajaga past bo‘ladi.
Harorat kechalari +3...+8 darajagacha, shimoliy hududlarda -0...-2 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari +13...+18 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
Payshanba va juma kunlari antitsiklon sharqqa tomon siljiydi, bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kechalari +3...+8 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, juma kuniga borib kunduz kuni +17...+22 darajagacha ko‘tariladi.
16-17 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 14-17 oktyabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtda bugun va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi +15...+17 darajani tashkil etadi, ertaga kechasi +8...+10 daraja bo‘ladi, kunduzi 13-15o dan yuqori bo‘lmaydi.
16-17 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +3...+6 daraja, kunduz kunlari +13...+16 daraja atrofida bo‘ladi.