Eng ko‘p soliq to‘lagan davlat va xususiy kompaniyalar o‘ntaligi ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 15:56 / 14.10.2024 7058

Soliq qo‘mitasi 2024 yil yanvar-sentabr oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan top-10 davlat korxonalari va xususiy kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 9 oyida 949 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 81,2 trln so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirilgan.

Davlat korxonalari orasida soliq tushumlari miqdori bo‘yicha Navoiy kon metallurgiya kombinati yetakchilik qilmoqda. Hisobot davrida NKMK tomonidan 18,6 trln so‘mdan ko‘proq soliq to‘langan. Keyingi o‘rinlarni Olmaliq kon metallurgiya kombinati (6,3 trln so‘m) va UzGasTrade (3 trln so‘m) egallagan.

Xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar tomonidan uch chorakda qariyb 6,5 trln so‘m soliq to‘langan. Mazkur reytingda “UzBAT” AJ 843 mlrd so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Undan keyingi o‘rinlarda “Enter Engineering” LTD va (834 mlrd so‘m) va “Tashkent Tabacco” MChJ (686 mlrd so‘m) joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: