Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 5,7 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 20 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 61,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 4,3 trln so‘mni tashkil etgan. Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 1,5 trln so‘m;
- foyda solig‘i – 1,4 trln so‘m;
- aksiz solig‘i - 811,1 mlrd so‘m;
- JShODS - 693,4 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 684 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 235,3 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 85,9 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 298 mlrd so‘m.
2024 yil yanvar-oktyabr oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 147 723 ta yuridik shaxs tomonidan 20,4 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 2 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 10 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 43,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 469,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 801,7 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i – 479,1 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i - 339,8 mlrd so‘m;
- JShODS - 249,9 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 128,2 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 36,3 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 6,7 mlrd so‘m.
Yanvar-oktyabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 514 ta yuridik shaxs tomonidan 1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 182,9 mlrd so‘mi, ya’ni 16,8 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 2,7 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 56,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 80 mlrd so‘m;
- JShODS - 55,5 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i – 39,1 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 8,3 mlrd so‘m.