Rossiya Ukrainadagi Patriot HHM tizimiga zarar yetkazdi

Jahon 10:35 / 11.10.2024 5638

Xalqaro OAV 10 oktyabr, payshanba kuni kechqurun Rossiya Dnipropetrovsk yaqinida Amerikaning Patriot HHM tizimi qurilmasini o‘qqa tutgani to‘g‘risida xabar berdi

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi aloqa bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yuriy Ignat o‘qqa tutish haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, biroq havo hujumidan mudofaa majmuasi yo‘q qilinmaganini bildirdi. «Xo‘sh, 9 oktyabrda nima sodir bo‘ldi? Dushman faqat bir nechta jihozlarga zarar yetkazdi va ularni yo‘q qilmadi. Bu urushda nafaqat odamlar, balki texnika ham jarohat olyapti. Bundan tashqari, o‘sha Patriot bo‘linmasi mintaqadagi vazifalarni bajarishda davom etyapti», deb yozdi Ignat Facebookʼdagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Patriot ZRK Rossiya ballistik raketalari guruhiga qarshi havo jangida qatnashgan va ularning bir qismini tutib olishga muvaffaq bo‘lgan. «Patriot tizimi dushman uchun eng muhim maqsadlardan biridir», deb qo‘shimcha qildi Ignat.

Avvalroq, xuddi shu kuni, 10 oktyabrda Oliy rada deputati Maryana Bezuglaya Telegramʼda Rossiyaning Dnipropetrovsk yaqinida Patriot tizimiga hujumi haqida yozgan edi.

RF Mudofaa vazirligi Patriot ZRK yo‘q qilinganini bildirdi

Bir kun avval, 9 oktyabr kuni kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli kuchlari «Iskandar-M» kompleksidan foydalangan holda Dnipropetrovsk viloyatida Patriot ZRK qurilmasini va kompleks tarkibiga kiruvchi boshqa bir qancha texnikalarni yo‘q qilganini bildirdi. Vazirlik xabariga ko‘ra, yana bir Patriot uchirish qurilmasi shikastlangan.

Ko‘proq yangiliklar: