Qozog‘istonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik ushlandi

O‘zbekiston 11:04 / 11.10.2024 7632

37 yoshli erkak Ko‘kshetovdagi restoranlardan birida oshpaz bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston fuqarosi 2023 yil 27 fevralda vatanida bezorilikda ayblanib, qidiruvga berilgan

U qidiruvda ekanligidan xabar topgach O‘zbekistonni tark etib, Chimkentga, u yerdan esa Ko‘kshetovga kelgan.

Ayblanuvchi 9 oktyabr kuni Ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ish joyida qo‘lga olingan. Hozirda ekstraditsiya masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: