Toshkentda temiryo‘l xodimi poyezd ostida qolib halok bo‘ldi
36 yoshda bo‘lgan marhum temiryo‘l tizimida konduktor lavozimida ishlab kelgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Yangihayot tumanida temiryo‘l xodimini poyezd bosib ketgan. Millar informatsion dasturida xabar berilishicha, hodisa 2024 yil 5 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, xodim teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab temiryo‘l iziga yiqilib tushgan. Shunda uni yuk vagonlari bosib ketgan.
Voqea joyiga tegishli mas’ullar va tez tibbiy yordam yetib borgan. Ammo ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga oid

16:57
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

12:45
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

21:37 / 07.03.2025
Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qatnovi tashkil etildi

10:56 / 02.03.2025