Jahon | 11:30 / 10.06.2025
2589
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Pxenyan va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni tikladi

"Rossiya temiryo‘llari" Rossiya Federatsiyasi va KXDR poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri temiryo‘l qatnovi qayta tiklangani haqida e’lon qildi. U COVID-19 pandemiyasi paytida to‘xtatilgan.

Foto: TASS

"Rossiya temiryo‘llari" (RJD) 2025 yil 17 iyundan Pxenyan va Moskva o‘rtasida, 19 iyundan esa Pxenyan va Xabarovsk o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni tiklaydi. Bu haqda 9 iyun, dushanba kuni «Telegramma RJD» Telegram-kanali xabar berdi.

Moskva bilan qatnov oyiga ikki marta, Xabarovsk bilan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘xtovsiz aloqa oyiga bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deyiladi postda.

Kanalning ta’kidlashicha, Pxenyan – Moskva dunyodagi eng uzun to‘xtovsiz temiryo‘l yo‘nalishi hisoblanadi: «Davlatlarning poytaxtlari orasidagi masofa 10 ming kmdan ortiq, safar vaqti esa 8 kunni tashkil etadi».

2020 yil fevral oyida COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi yo‘lovchi temiryo‘l qatnovi to‘xtatilgan edi. The Insider internet-nashrining yozishicha, ikki davlat o‘rtasidagi «Do‘stlik ko‘prigi»dan so‘nggi paytlarda Rossiya armiyasi ehtiyojlari uchun KXDRdan qurol-yarog‘ va boshqa tovarlarni yetkazib berishda faol foydalanilmoqda.

Mavzuga oid