Unda O‘zbekiston hududlari va Tatariston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari va o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati haqida so‘zlab berildi.
Muzokara yakunida Tatariston Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari vazirligi delegatsiyasining O‘zbekiston hududlariga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.