Slovakiya bosh vaziri Bryusselga «raketa zarbasi berishga» chaqirdi

Jahon 22:39 / 07.10.2024 9996

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso yevropalik deputatlarning Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat etish haqidagi chaqiriqlarini keskin tanqid qildi.

Fitso Yevroparlamentning ba’zi a’zolari Ukrainaga raketa berilishi haqida osonlikcha gapirayotganini va shu tariqa «urushni davom ettirishga undayotganini» aytdi.

«Men afsusdamanki, Yevropada qurollarning shovqinini to‘xtatish o‘rniga, baland qarsaklar, baland ovozda olqishlar va ko‘pincha urushni davom ettirishga undaydigan muhim moddiy qarorlarni eshityapmiz», dedi u.

Bundan tashqari, u siyosatchilar «nima haqida gapirilayotganini tushunishi» uchun «raketa bilan qandaydir favvoraga zarba berishni» taklif qildi.

«Va biz Yevropa Parlamentining ba’zi a’zolari bahor shabadasi yengilligi kabi o‘rta masofaga uchuvchi raketalar haqida, uzoq masofali raketalar haqida gapirayotganini eshitamiz, majoziy qilib aytganda. Balki shunday raketalardan biri bilan Bryusseldagi favvoraga zarba berish kerakdir. Ular aslida nima haqida gapirayotganimizni tushunishi uchun», dedi siyosatchi.

Avvalroq, Fitso o‘z mamlakati hukumati rahbari bo‘lgan vaqtda Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lishiga qarshi chiqishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Alyansga kirishi Uchinchi jahon urushining boshlanishi uchun «yaxshi asos» bo‘ladi. Shu bilan birga, Fitsoning aytishicha, aynan G‘arb Ukrainada urush bo‘lishini hohlayapti. Uning fikricha, urush faqat G‘arb «ruslarni tiz cho‘ktirmoqchi» bo‘lgani uchun davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: