Samarqandda mayning ferma 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyani noqonuniy ishlatgani aniqlandi 

Jamiyat 11:26 / 06.10.2024 2139

Samarqand viloyatida juda katta miqdorda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etilgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Toyloq tumani, "Chorog‘bon" MFYda yashovchi E.S. tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro ushbu qoidabuzarlik oqibatida 5 mlrd 528 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: