Oktyabr oyining birinchi haftasida AQSh iqtisodiyoti va moliya bozorlari uchun muhim bo‘lgan bir qator yangi statistik ma’lumotlar e’lon qilindi. Haftani sentabr oyiga oid AQSh Ta’minotni boshqarish institutining (TBI) xarid menejerlari indeksi boshlab berdi. Qayd etilishicha, o‘tgan oyda ishlab chiqaruvchilarning xarid menejerlari indeksi 47,2 punktni, noishlab chiqaruvchilarning xarid menejerlari indeksi esa 54,9 punktni tashkil etgan. Mehnat bozoriga oid ma’lumotlar ham ochiqlandi. Payshanba kuni e’lon qilingan dastlabki ishsizlar da’volari 225K'ni tashkil etib, prognozdan biroz yuqoriroq chiqdi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 30 sentabrdan 4 oktyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5751 (hafta boshidan +0,22 foiz, yil boshidan +20,57 foiz);
- NASDAQ – 18137 (hafta boshidan +0,10 foiz, yil boshidan +20,83 foiz);
- DJI – 42352 (hafta boshidan +0,09 foiz, yil boshidan +12,37
foiz).
Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 40 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravishda 18 va 13 punktga ko‘tarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2653 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,18 foiz, yil boshidan +28,63 foiz;
- Kumush – 32,2 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +1,79 foiz, yil boshidan +35,37 foiz.
- Alyuminiy – tonnasi 2659,7 dollar (hafta boshidan +1 foiz; yil boshidan +11,35 foiz);
- Mis – 4,54 dollar (hafta boshidan -0,42 foiz; yil boshidan +17,7 foiz)
Qimmatbaho metallar esa makroiqtisodiy ma’lumotlar va geosiyosiy tig‘izliklar fonida turli natijalar qayd etdi. Oltin va mis hafta davomida mos ravishda 4,7 va 0,02 dollarga pasaydi. Alyuminiy va kumush esa 26,45 va 0,57 dollarga qimmatlashdi.
Neft
- WTI – 74,39 dollar (hafta boshidan +8,49 foiz, yil boshidan -4,35 foiz);
- BRENT – 78,05 dollar (hafta boshidan +8,48 foiz, yil boshidan +1,31 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 5,82 dollarga, BRENT esa 6,10 dollarga arzonlashdi.
Valutalar
- USD/EUR: -1,68 foiz (yil boshidan -0,58 foiz);
- CNY/USD: +0,09 foiz (yil boshidan -1,13 foiz);
- TRY/USD: +0,35 foiz (yil boshidan +16,24 foiz);
- UZS/USD: +0,59 foiz (yil boshidan +3,86 foiz);
- RUB/USD: +0,72 foiz (yil boshidan +6,31 foiz).
Hafta savdolarida yevro va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 1,68 foiz va 0,09 foizga, lira, rubl va so‘m 0,35 foiz, 0,72 foiz va 0,59 foizga pasaydi.
Kriptovaluta
- Bitcoin – 62104 dollar (hafta boshidan -5,4 foiz, yil boshidan +46,44 foiz);
- Ethereum – 2415 dollar (hafta boshidan -9,17 foiz, yil boshidan +5,80 foiz).
Asosiy kriptovalutalar AQShda foiz stavkasi tushirilganiga qaramay pasaydi. Bitcoin va Ethereum hafta mobaynida mos ravishda 5,4 va 9,17 foizga arzonlashdi.
Bozorlar haqida qisqacha
FOMC’ning sentabr oyidagi yig‘ilishida foiz stavkalari 0,5 foizga tushirilgach, FZT raisi Jyerom Povel keyingi yig‘ilishida bu kabi agressiv pasaytirish bo‘lmasligini aytib o‘tdi. U foiz stavkasi faqatgina mehnat bozorida keskin salbiy o‘zgarishlar bo‘lsagina o‘zgartirilishiga urg‘u berdi. Shuningdek, inflatsiya bo‘yicha maqsadlarga to‘liq erishilib, iqtisodiy barqarorlik o‘rnatilgach, foiz stavkalari neytral muvozanatga olib kelib qo‘yilishi ta’kidlandi.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 30 sentabrdan 4 oktyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.