Joriy hafta ham xalqaro moliya bozorlari uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, AQSh Mehnat statistikasi byurosi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda inflatsiya bosimi yana kuchaygan. Qayd etilishicha SPI ko‘rsatkichi noyabr oyida 0,1 foizga o‘sib, 2,7 foizni, PPI esa 0,4 foizga o‘sib, 3 foizni tashkil etgan.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 9 dekabrdan 13 dekabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 6051 (hafta boshidan -0,64 foiz, yil boshidan +26,86 foiz);
- NASDAQ – 19926 (hafta boshidan +0,34 foiz, yil boshidan +32,74 foiz);
- DJI – 43282 (hafta boshidan -1,82 foiz, yil boshidan +16,29
foiz).
AQSh fond indekslari dekabrning navbatdagi haftasida kuchli o‘sishdan keyin korreksiyani amalga oshirdi. Bunga ko‘ra, Dow Jones va S&P500 indekslari mos ravishda 814 punkt va 39 punktga pasaydi, faqat NASDAQ indeksi 67 punkt o‘sishga erishdi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2647 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +0,56 foiz, yil boshidan +28,35 foiz;
- Kumush – 30,55 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -1,35 foiz, yil boshidan +28,47 foiz.
- Alyuminiy – tonnasi 2613 dollar (hafta boshidan +0,23 foiz; yil boshidan +9,41 foiz);
- Mis – 4,15 dollar (hafta boshidan +0,07 foiz; yil boshidan +6,09 foiz).
Oltin, mis va alyuminiy hafta davomida mos ravishda 14,72 dollar, 0,01 dollar va 6,1 dollarga qimmatlashdi. Faqatgina kumush 0,42 dollarga arzonlashdi.
Neft
- WTI – 71,02 dollar (hafta boshidan +5,84 foiz, yil boshidan -0,39 foiz);
- BRENT – 74,3 dollar (hafta boshidan +4,65 foiz, yil boshidan -3,56 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 3,92 dollarga, BRENT esa 3,3 dollarga oshdi.
Valutalar
- USD/EUR: -0,62 foiz (yil boshidan -4,85 foiz);
- CNY/USD: +0,08 foiz (yil boshidan +2,51 foiz);
- TRY/USD: +0,54 foiz (yil boshidan +18,5 foiz);
- UZS/USD: +0,43 foiz (yil boshidan +4,67 foiz);
- RUB/USD: +3,93 foiz (yil boshidan +16,96 foiz).
Dollar indeksi mustahkamlanishi fonida boshqa valutalar unga nisbatan qadrsizlandi. Hafta davomida yevro, yuan, lira, so‘m va rubl mos ravishda 0,62 foiz, 0,08 foiz, 0,54 foiz, 0,43 foiz va 3,93 foizga pasaydi.
Kriptovaluta
- Bitcoin – 101384 dollar (hafta boshidan +0,36 foiz, yil boshidan +139 foiz);
- Ethereum – 3907 dollar (hafta boshidan -2,56 foiz, yil boshidan +71,14 foiz).
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib 9 dekabrdan 13 dekabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.