Turoperatorlarga 25 mlrd so‘mgacha maqsadli mablag‘lar beriladi

O‘zbekiston 10:00 / 04.10.2024 1540

Hukumat qaroriga ko‘ra, turoperatorlarga mablag‘ tijorat banklari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etiladi.

Kreditlar bir xo‘jalik yurituvchi sub’yektga aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun 25 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi. Maqsadli mablag‘ berish shartlari turoperator faoliyatini 1 yildan ortiq amalga oshirish va kamida 15 foiz miqdorda o‘z mablag‘larini jalb qilish imkoniyati (shu jumladan bino va inshootlar ko‘rinishida) hisoblanadi.

Ajratilgan mablag‘larning samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash uchun turoperatorlar quyidagilarni ko‘paytirish bo‘yicha majburiyat oladi:

  • xizmat ko‘rsatilayotgan xorijiy sayyohlar sonini kamida 25 foizga;
  • turistik xizmatlardan olinadigan daromadlarni kamida 25 foizga.

Ajratilgan mablag‘ni quyidagilarga sarflashga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • ilgari olingan kreditlar yoki boshqa qarzlarni qaytarishga;
  • alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga;
  • ishlab chiqarish (xizmat) maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mulkni (mebel, mobil telefon, maishiy texnika va h.k.) sotib olishga;
  • avtotransport vositalarini (qiymati kredit summasining 40 foizgacha bo‘lgan, 8 va undan ortiq kishi sig‘adigan yengil avtomobillarni sotib olish bundan mustasno) sotib olishga;
  • ma’muriy xarajatlarni, shu jumladan xizmat avtomobillarini to‘xtash joyiga qo‘yishni qoplashga;
  • bino va inshootlarni sotib olish va qurishga.
Ko‘proq yangiliklar: