Ostona shahri akimi O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar to‘liq strategik sherikchilik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi.
"Mamlakatlarimiz yetakchilar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni va oldimizda qo‘yilgan barcha vazifalarni amalga oshirish uchun maksimal darajada harakat qilishimiz kerak", - dedi akim Jyenis Qosimbek.
Uchrashuvda ikki tomonlama tadbirlar jadvali, xususan Ostona shahri akimining Toshkent shahriga xizmat safarini uyushtirish, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hududlar rahbarlari kengashida Ostona shahar delegatsiyasining ishtirokini ishlab chiqish va boshqa masalalar xususida fikr almashildi.
Bundan tashqari, 2025 yil uchun mo‘ljallangan hamkorlik rejalari, Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar akimati o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni imzolash, O‘zbekiston poytaxtida Ostona shahar madaniyat kunlarini o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratildi.