Qo‘qonda O‘zbekiston-Vengriya hududlararo forumi tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:34 / 04.10.2024 1026

Muzokaralar davomida Qo‘qon shahrida O‘zbekiston-Vengriya hududlararo forumini tashkil etish, Toshkent va Budapesht shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlarni muntazam amalga oshirish va  boshqa masalalar muhokama qilindi.

Katalin Bixari joriy oktyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Vengriya birinchi hududlararo forumini tashkil etishda vazirlik amaliy yordam berishini va mazkur tadbirni  uyushtirish uchun Vengriya Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi rahbariyati barcha zarur ko‘mak ko‘rsatishini ta’kidladi.

Tomonlar hududlararo forum dasturi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida B2B va B2G shakllaridagi uchrashuvlarni uyushtirish  imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, Vengriya vakili, mamlakat hukumati joriy yil avgust oyidan buyon "Qanot Sharq" aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Budapesht o‘rtasidagi amalga oshirilayotgan aviaparvozlarni qo‘llab-quvvatlashini  hamda ularni davom ettirish tarafdori ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan istiqboldagi muhim dasturlar kun tartibi xususida ham fikr almashildi. 

Ko‘proq yangiliklar: