O‘zbekiston va Malayziya oliy ta’lim muassasalari ishtirokida konsorsium tashkil etiladi 

O‘zbekiston 10:27 / 04.10.2024 750

O‘zbekiston delegatsiyasi Sulton Idris ta’lim universitetining Nanotexnologiyalar laboratoriyasi, Imkoniyati cheklangan bolalarni kasbga o‘rgatish markazi, yosh bolalar fiziologiya va psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan maktabgacha ta’lim muassasasi, "Kelajak sinfxonasi" loyihasi va universitetda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur universitet rahbariyati bilan O‘zbekiston va Malayziya oliy ta’lim muassasalari ishtirokida konsorsiumini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Uning natijasida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, O‘zbekiston tadqiqotchilar uchun Malayziya universiteti laboratoriyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratib berish, o‘zaro ilmiy-tadqiqot loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Sulton Idris ta’lim universiteti THE reytingida 601-800 o‘rindan joy olgan. Universitet O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda respublikada ikkita malay tilini o‘rgatish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: