Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlik ta’minlanadi

O‘zbekiston 10:30 / 04.10.2024 968

2026 yil 1 yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida qayta aloqani to‘liq yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:

- chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;
- sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;
- chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o‘rnatish;
- sanitar tozalash korxonalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berish;
- abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko‘rsatish.

Ko‘proq yangiliklar: