Buyuk Britaniya uzoq yillik bahslardan keyin Chagos orolini Mavrikiyga qaytarib beradi
Londonning qarori arxipelag borasida Buyuk Britaniya va Mavrikiy o‘rtasidagi uzoq yillik keskin muzokaralarga nuqta qo‘ydi.

Foto: NASA
Buyuk Britaniya Hind okeanida joylashgan Chagos orollari egaligidan voz kechib, ularni Mavrikiyga topshirmoqda, deb xabar beradi BBC. Londonning qarori arxipelag borasida Buyuk Britaniya va Mavrikiy o‘rtasidagi uzoq yillik keskin muzokaralarga nuqta qo‘ydi.
Chagos orollari tarkibida AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kemalari hamda uzoq masofaga mo‘ljallangan bombardimonlar uchun harbiy baza sifatida foydalanib keladigan Diyego-Garsiya tropik marjonoroli ham bor. Xususan, ushbu bazadan Amerika aviatsiyasi Afg‘oniston va Iroqqa hujumlarida foydalangan.
Yangi bitim shartlariga ko‘ra, Britaniya Diyego-Garsiya orolini kamida 99 yil muddatga ijaraga oladi, bu esa Qo‘shma Shtatlarga u yerdagi harbiy bazasini saqlab qolishni ta’minlaydi. Ta’kidlanishicha, harbiy bazaning saqlab qolinishi — G‘arb davlatlarining Hindiston va Xitoy bilan kuchayib borayotgan geosiyosiy raqobati sharoitida muhim omil hisoblanadi.
Buyuk Britaniya va Mavrikiy yetakchilari «mintaqaviy va global xavfsizlikda muhim rol o‘ynaydigan Diyego-Garsiyadagi mavjud bazaning uzoq muddatli, xavfsiz va samarali faoliyatni ta’minlash» majburiyatini zimmasiga olishlarini ma’lum qildi. O‘z navbatida AQSh ham «tarixiy» bitimni olqishladi. «Bu diplomatiya va sheriklik orqali mamlakatlar uzoq yillik tarixiy muammolarni yengib, tinch va o‘zaro manfaatli natijalarga erisha olishining yorqin dalilidir», — deydi prezident Bayden.
Chagos arxipelagi 1965 yilda Mavrikiydan ajratib olingan, u vaqtda mamlakat Britaniya mustamlakasi edi. Britaniya uni 3 million funtga sotib olgan va Hind okeanidagi o‘z yeri deb e’lon qilgan. Mavrikiy Britaniyani arxipelagni noqonuniy ravishda egallab olishda ayblab keladi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025