Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ikki aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

O‘zbekiston 18:30 / 02.10.2024 11943

Saudiya Arabistonining Flynas va Eronning Qeshm Air aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va bir qancha mamlakatlarning havo hududi yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2 oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilingan:

- Flynas aviakompaniyasining KNE633/634 Jidda – Toshkent – ​​Jidda va KNE651/652 Jidda – Namangan – Jidda yo‘nalishida;

- Qeshm Air aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron – Toshkent – ​​Tehron yo‘nalishida.

Ushbu aviakompaniyalarning keyingi reyslari haqida ma’lumot berilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: