Toshkent va Samarqandda fuqarolarni pul evaziga xorijga ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat 18:43 / 02.10.2024 1308

Toshkentda fuqaroni AQShga, Samarqandda Angliyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.N. va D.I. fuqaro A.J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yo‘llar orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 14 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 500 dollar va 2,5 mln so‘m olgani aniqlangan. 

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: