O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 15:14 / 20.10.2024 4601

Toshkent viloyati yashovchi 38 yoshli ayol M.G‘. IIBga murojaat qilib, bank kartasidagi 15 mln co‘m pul noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi U.R. ismli shaxs sodir etgani aniqlangan

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.R. jabrlanuvchi M.G‘.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirgan.

So‘ng soxta havolali sms xabarnoma yuborib, ayolning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritgan va uning hisobida bo‘lgan 15 mln so‘mni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: