Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda baliqchilik uchun ruxsatnoma olgan shaxs qum-shag‘al qazib olib, tabiatga katta zarar yetkazdi
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Surxondaryo viloyati prokuraturasiga taqdim etilgani aytilmoqda.

Foto: Ekologiya vazirligi
Surxondaryoda fuqaro qum xomashyosini noqonuniy ravishda olishi oqibatida ekologiyaga 1 mlrd 50 mln 543 ming so‘m zarar yetkazgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya hamda Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlari davomida Angor tumani Kattaqum massivi hududidan fuqaro B.Sh. noqonuniy qum xomashyosini olish holati qayd etilgan.
Fuqaro B.Sh. joriy yilda Surxondaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligidan baliqchilik xo‘jaligini tashkil etish maqsadida Angor tumanidagi Kattaqum massivi hududidan ijara asosida yer olgan.
U o‘ziga ajratilgan yerda baliqchilik ko‘lini tashkil etish o‘rniga shartnoma shartlarini buzgan holda noqonuniy ravishda qum xomashyosini qazib olish bilan shug‘ullanib kelgan. Hududda marksheyderlik o‘lchovi o‘tkazilganda 14 550,46 metr kub qum olingani qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq baholanganda fuqaro B.Sh. tomonidan noqonuniy tosh-qum olishi natijasida tabiatga keltirilgan zarar 1 milliard 50 million 543 ming so‘mni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Surxondaryo viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

12:26 / 11.04.2025
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

11:30 / 03.04.2025
Bo‘stonliqda qum-shag‘al qazib olinishi tufayli tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetdi

11:57 / 21.03.2025