O‘zbekiston | 11:57
1039
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda qum-shag‘al noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirildi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish va uni maydalash zavodiga olib ketish holati aniqlanib inspektorlar tomonidan to‘xtatildi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 722 million 666 ming so‘m ekanligi aniqlandi. 

Yig‘ilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Mavzuga oid