Rossiyalik short-trekchilar Denis Ayrapetyan va Daniil Yeybog O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibiga qo‘shiladi.
Match TV telekanali xabariga ko‘ra, Rossiya konkida uchuvchilar ittifoqi (SKR) sportchilar uchun ikki yillik karantinni ma’qullagan. Demak, ular ushbu muddatdan keyingina yangi jamoa tarkibida ishtirok etishi mumkin.
Daniil Yeybog short-trek bo‘yicha Yevropa chempioni, Ayrapetyan esa Yevropa chempionati sovrindori hisoblanadi.
Hozir rossiyalik short-trekchilar boshqa sportchilar qatori sanksiyalar tufayli xalqaro musobaqalarda qatnasha olmayapti.